ICHKI SEKRESIYA BEZLARI VA MODDALAR ALMASHINUVINING FIZIOLOGIK ASОSLARI

Authors

  • Komilova Baxmal Odilovna

Abstract

Mustaqillik tufayli yurtimiz ravnaq topdi. O`zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin egalladi. Deyarli har kuni yurtimizda mislsiz o`zgarishlar va yuksalishlar ro`y berayapti. O`zbekiston Respublikasi “ Ta`lim to`g`risida ”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish shu bilan birga ta`lim muassasalarida yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ushbu qo`llanma yaratildi.

   “Ichki sekresiya bezlari va moddalar almashinuvining  fiziologik asoslari” nomli monografiyada ichki sekresiya bezlari va moddalar almashinuvining  fiziologik asoslari yangi adabiyotlardagi ma‘lumotlar bilan boyitilgan.

      Mazkur monografiyada organizm funksiyalarini gormonlar  orqali boshqa-rilishi  haqidagi ma`lumotlar  keng doirada yoritilib berilgan. Oqsillar karbon -suvlar va yog’lar almashinuvining fiziologik asoslari  ochib berilgan. Shuningdek, suv, mineral tuzlar va vitaminlarning organizmdagi mohiyati  yangi  ma’lumotlar bilan boyitilgan.

       Bu talabalarning bilim darajasini yuksalishi, nazariy ma’lumotlar asosida  laboratoriya mashg`ulotlarini mukammal o`zlashtirishlari, reyting nazoratlarini muvaffaqiyatli topshirishlariga yordam beradi. 

 Ushbu monografiya pedagogika instituti talabalari, tibbiyot universiteti va universitetlarning biologiya fakulteti talabalarini hamda yosh pedagoglari foydalanishi mumkin.

    Monografiyada ayrim juz`iy хаtоlаr uchrashi mumkin. Shuning uchun hаm muаlliflаr оldindаn uzr so`rаydilаr. Monografiyada haqidagi fikr, mulohazalarni muаlliflаr minnаtdоrhilik bilan qabul qiladilar va kitobning keyingi nashrlarida albatta inobatga oladilar.

 

Downloads

Published

2023-12-05

How to Cite

Komilova Baxmal Odilovna. (2023). ICHKI SEKRESIYA BEZLARI VA MODDALAR ALMASHINUVINING FIZIOLOGIK ASОSLARI. Novateur Publications, (13), 1–126. Retrieved from https://novateurpublication.org/index.php/np/article/view/211

Issue

Section

Monograph