BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI DIDAKTIK-METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • AXMEDOVA LAYLO BAXTIYOR QIZI

Abstract

Mazkur monografiya zamonaviy ta’lim talablari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qituvchilardan talab etiladigan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni tizimli yondashuv asosida o‘rganish, shuningdek, ularni rivojlantirish strategiyalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan.

Monografiyada kompetentlik yondashuvi, metodik tayyorgarlikning zamonaviy mezonlari, didaktik vositalar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘qituvchi tayyorlashning samarali yo‘llari tahlil etilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar, trening mashg‘ulotlari va monitoring usullari pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarning kasbiy yetukligini oshirishga xizmat qiladi.

Monografiya pedagogika sohasi tadqiqotchilari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, talabalar hamda boshlang‘ich ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.

Downloads

Published

2025-07-08

Issue

Section

Monograph

How to Cite

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI DIDAKTIK-METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH. (2025). Novateur Publications, 27, 1-118. https://novateurpublication.org/index.php/np/article/view/354