XAVF OMILLARINI BAHOLASH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH SOHASIDA SHIFOKOR KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Abstract
Tibbiyotning maqsadi asrlar davomida o‘zgarmagan: inson salomatligini saqlash va uni kasallikdan himoya qilish. O‘zgargan narsa – salomatlikka tahdid soluvchi omillarning tabiatidir. O‘tgan asrlarda inson hayotiga asosan yuqumli kasalliklar xavf solgan bo‘lsa, bugun o‘lim sabablari orasida yurak-qon tomir kasalliklari, xavfli o‘smalar, surunkali nafas yo‘llari kasalliklari va qandli diabet yetakchi o‘rinlarni egallaydi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar kamida 43 mln kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Bu kasalliklar bir kunda paydo bo‘lmaydi: ular yillar davomida chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik, ortiqcha vazn va arterial bosimning oshishi kabi xavf omillari ta’sirida jimgina shakllanadi. Kasallik bemorni shifokor huzuriga olib kelgan paytda esa uning oldini olish imkoniyati ko‘pincha allaqachon boy berilgan bo‘ladi. Shu sababli zamonaviy tibbiyotdagi markaziy savol faqat «kasallikni qanday davolash kerak?» emas, balki «uning oldini qanday olish mumkin?» tarzida ham qo‘yilmoqda.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.

Novateur Publication